Muzqaymoq koronavirus yuqtirish xavfini oshirishi mumkin — mutaxassis

15:10 11 Iyun 2020 Dunyo
1521 0

Jazirama kunlarda muzqaymoq isteʼmol qilish turli xastaliklarga olib kelishi mumkin.

Rossiyalik diyetolog Mixail Ginzburg maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, muzqaymoq isteʼmolidan soʻng yuzaga keladigan muzlash jarayoni ogʻiz boʻshligʻi hamda tomoqning virusli infeksiyalar, shu jumladan, koronavirusga nisbatan sezuvchanligini oshiradi.

Bundan tashqari, muzqaymoq tarkibida shakar va trans-yogʻlar mavjud boʻlib, ular vazn ortishiga hissa qoʻshadi, shuningdek, ateroskleroz rivojlanishiga olib keladi.

Shu bois mutaxassis issiq kunlardan samarali saqlanish uchun oddiy suv ichish yaxshiligini taʼkidlamoqda. Ammo bunda muz solingan suv ichish yaramaydi, bu borada xona haroratida boʻlgan suv isteʼmoli ayni muddaodir.

“Chanqoqni suvdan boshqa narsa bosa olmaydi. Ammo xohishga qarab, faqat tarkibida shakar boʻlmasagina mevali ichimliklar ichish mumkin”, deydi Ginzburg.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер