Muzaffarbek Toʻraboyev qozogʻistonlik ogʻir vaznli polvonni ippon bilan yutdi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi jahon chempioni Muzaffarbek Toʻraboyev “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini boshladi.
Hamyurtimiz -100 kg vazn toifasida qozogʻistonlik Nurlixan Sharhan bilan qiyin bahs oʻtkazdi. Dastlab vaza-ari hisobiga ortda qolayotgan Muzaffarbek raqibini ajoyib ippon bilan yutdi.
Shu tariqa, unga keyingi bosqichda Niderlandiya vakili Mixail Korrel raqiblik qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring