Mutaxassis maymun chechagi yuqishining asosiy yoʻllari haqida maʼlumot berdi

00:04 03 Iyun 2022 Dunyo
1036 0

Foto: AP

Rossiyalik epidemiolog Natalya Pshenichnaya maymun chechagi virusining yuqtirishning asosiy yoʻllari haqida maʼlumot berdi.

“Infeksiyaning havo orqali yuqishi juda kam uchraydi. Chunki bu infeksiyaning klinik koʻrinishi boʻlgan odam bilan bir necha soat davomida juda yaqin aloqada boʻlishni talab qiladi. Shu bois bunday holatda infeksiyani yuqtirish juda qiyin, ammo xastalanish ehtimoli bor. Shunday ekan, endemik mamlakatlarga bormoqchi boʻlganlar mavjud xavf-xatarlar ehtimolini aniq bilishlari va sayohatga chiqayotganda barcha ehtiyot choralarini koʻrishlari kerak”, deydi epidemiolog.

Pshenichnayaning fikricha, kasallik asosan Markaziy va Gʻarbiy Afrika mamlakatlarida tarqalgan. Koʻpincha infeksiya odamlarga tishlash, teri va hayvonlarning tana suyuqliklari bilan aloqa qilish orqali yuqadi. Bu infeksiyaning rezervuari boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, bemor ishlatgan narsalar orqali yoki tegishli ehtiyot choralarisiz uning terisiga teginish kasallik bilan zararlanishga sabab boʻlishi mumkin.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti esa maymun chechagini yuqtirganlarning asosiy qismi “erkaklar bilan jinsiy aloqada boʻlgan erkaklar” ekanini maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер