Mutaxassis koronavirusning yangi kutilmagan yon taʼsiri haqida maʼlumot berdi
Illyustrativ foto
Rossiyalik vrach-nevrolog Pavel Xoroshev koronavirus infeksiyasini oʻtkazganlarda kutilmagan yon taʼsir paydo boʻlishi mumkinligi haqida aytib oʻtdi.
“Tibbiyotda duduqlanishning sababi — logonevrozdir. Ammo nutq uchun javob beradigan sohaning shikastlanishi ham duduqlanishni keltirib chiqaradi. «COVID-19” bilan deyarli hamma narsa boʻlishi mumkin. Agar u nutq uchun masʼul boʻlgan asab toʻqimalari shikastlasa duduqlanishga olib keladi», deydi shifokor.
Mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, infeksiya ushbu guruh nerv hujayralarining trombozi, ishemiyasi va infarktiga ham olib kelishi mumkin.
“Koronavirus har qanday aʼzoda yalligʻlanishni keltirib chiqarishi va hatto ishemiya yoki toʻqimalar infarkti bilan tahdid soladigan trombozni keltirib chiqarishi ham mumkin”, deydi Xoroshev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring