Mustaqil komissiya aʼzolari barcha sud jarayonlarini kuzatib bormoqda
Xabaringiz bor, joriy yilning 6-fevral kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni boshlangan edi.
Sud jarayonlarida davlat ayblovchisi tomonidan ayblov xulosasi oʻqib eshittirilgan va sudlanuvchilar, fuqaroviy daʼvogarlar, jabrlanuvchilarning koʻrsatmalari olingan. Hozirda guvohlar toʻgʻridan-toʻgʻri va videokonferensaloqa vositasida soʻroq qilinmoqda.
Shuni maʼlum qilamizki, mazkur ish boʻyicha boʻlib oʻtayotgan barcha sud majlislarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni oʻrganish boʻyicha komissiya aʼzolari ishtirok etishmoqda.
Olingan maʼlumotlarga koʻra, jarayonlar belgilangan talablarga muvofiq olib borilmoqda.
Keyingi sud majlisi 2023-yil 20-fevral kuni boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring