Mustaqil hayot yo‘lidagi ishonchli tayanch
Poytaxtimizdagi “Zakovat” arena binosida yoshlar, ta’lim, innovatsiya va tadbirkorlik olamining eng yirik va nufuzli tadbirlaridan biri — “TalabaExpo — 2025” ko‘rgazmasi ochildi.
Dastlab bitiruvchilar uchun “Talaba — kelajak” deb nomlangan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda so‘zga chiqqanlar bunday uchrashuvlar nafaqat bitiruvchilar uchun yo‘l ko‘rsatuvchi maydon, balki ularning yangi bosqichdagi hayot yo‘lida ishonchli tayanch ekanini alohida ta’kidlashdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, tijorat banklari va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 1,5 ming talaba va yosh mutaxassislar ishtirok etib, tajribali mutasaddilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Tadbirlar davom etmoqda.
Bunyodbek QARSHIBOYEV,
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring