“Musibatdagi ayollar” mavzusidagi voqealarni kuzatib bormoqdamiz" 

21:46 05 Oktyabr 2020 Jamiyat
1626 0

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Gender tengligini taʼminlash boʻyicha komissiyasi aʼzosi Saida Mirziyoyeva soʻnggi paytlarda jamiyatimizda roʻy bergan ikkita shov-shuvli holat haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi

"Doʻstlarim!

Biz, hozirgi kunda jurnalistlar hamjamiyati bilan birgalikda ikkita shov-shuvli holatni birlashtirgan “Musibatdagi ayollar” mavzusidagi voqealarni kuzatib bormoqdamiz.

Men uchun, ham ayol, ham ona va gender tengligi komissiyasining aʼzosi sifatida bu juda muhimdir!

Birinchi holat — Toshkent viloyatining bosh infeksionisti Guljahon Yoʻldosheva.

(https://www.gazeta.uz/ru/2020/09/10/chief-physician/)

Men unga qoʻyilgan ayblovlarning qonuniy yoki noqonuniyligini hech qanday baholamoqchi emasman, bu sudning mutlaq vakolati. Ammo sizning eʼtiboringizni shunga qaratmoqchimanki, eng kichigi atigi ikki yoshda boʻlgan oltita farzandning onasi sudgacha qamoqda saqlanmoqda. Bizning qonunchiligimiz, boshqa rivojlangan mamlakatlar qonunchiligi singari, erkaklarnikiga qaraganda ayollar uchun biroz koʻproq imtiyozlarni oʻz ichiga oladi. Bunga misol sifatida ayol kishining homiladorligi yoki voyaga yetmagan farzandlari borligi unga yengillashtiruvchi holatlar taqdim etishi mumkin. Bu ham insonparvarlikning bir turi. Guljahonning “ishida” nega qonun bu qadar qattiq va qatʼiy? Olti bola bilan qayergadir qochib qutulishi mumkinmi? Nahotki sudgacha qamoqda saqlash bizning huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining yagona yoʻli boʻlsa? Jinoyat-protsessual qonunchiligida boshqa taʼsirchan ehtiyot choralarini qoʻllashga nima xalaqit beradi?

Hibsga olish — bu kuchli stress va shaxsning maʼnan sindirilishidir. Ayniqsa, uyda yosh bolalaringiz boʻlganida... Shuning uchun Toshkent viloyatining prokuraturasidan qarorni qayta koʻrib chiqishlarini soʻrab qolaman.

Ikkinchi dahshatli voqea — Namanganlik Gulandom Dadaboyevaning oʻzini oʻzi yoqib yuborishi. (https://kun.uz/52787465)

Uning onasi va ikki farzandi qoldi. Bu ayollar ularga boshqa birovning uyini sotib yuborgan firibgarning qurboniga aylandilar va firibgar esa jinoyati uchun qamoqqa tushdi. Mulk haqiqiy egasi tomonidan talab qilingan va sud ayollarni bolalari bilan birgalikda chiqarib yuborish boʻyicha qaror qabul qilgan.

Bunday dahshatli holatga qoʻl urgan bu ayolning chorasizligini toʻliq tushunib turibman.

Va qonunchiligimizni bu borada nomukammal deb hisoblayman. Firibgarlar qoʻliga tushib turar joylaridan ayrilib va tom maʼnoda koʻchada qolgan holatlar faqat bu ayoldagina uchramaydi. Firibgarlar qamoqqa olinishlari mumkin, lekin moddiy zararni barmoq bilan sanaydiganlari qoplaydi xolos. Bu holda, mening nuqtayi nazarimdan, firibgarlar davlatga qarzdor boʻlib, qonun oldida javob berishlari kerak. Davlat esa oʻz oʻrnida shunday firibgarlar girdobiga tushib qolgan insonlarga shu kabi muammolardan chiqishiga yordam berishlari lozim.

Albatta, “odamlar oʻzlari aybdor, juda soddalar” – deb aytish mumkin. Biroq, bunda davlatning ham aybi bor. Qishloq ayollari barcha qonuniy huquqlarini qayerdan bilishsin? Ularga hamma narsani tekshirib, hech kimga ishonmaslikni kim oʻrgatgan? Bitimni rasmiy notarius tomonidan qonuniylashtirilishi qanday yuz berdi?

Bunday savollar fojialar sodir boʻlishidan oldin berilishi kerak! Bu kabi har qanday holat uzoq va jiddiy tergovni talab qiladi. Va bunday hollarda har doim norasida bolalarni hisobga olmoqlik lozim! Ularning hech qanday aybi yuq, lekin ular ham kattalar bilan birga jazolanmoqdalar.

Men, deputatlar bu masalalarni muhokama qilib, nochor ahvolga tushib qolgan va aldanganlar uchun ijtimoiy himoyani mustahkamlashlarini juda-juda istardim. Hech kim borar joyi yuq ahvolga tushib qolmasligi kerak!"

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер