Mulkni sugʻurta qilish xarajatlarining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi
Foto: president.uz
Davlatimiz rahbari soha vakillarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan 5 ta yoʻnalishda tashabbuslarni bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Ikkinchi toifa, yaʼni aylanmasi 1 milliard soʻmdan oshib, umumiy soliq toʻlash tartibiga oʻtgan korxonalar bir yil davomida foyda soligʻini 2 barobar kam toʻlaydi.
“Ushbu imkoniyatlar 370 ming tadbirkorga yengilliklar yaratadi va ularga juda katta stimul beradi”, dedi davlatimiz rahbari.
Prezident tez oʻsib borayotgan yuqori salohiyatli oʻrta korxonalar sonini hozirgi 3,5 mingtadan 10 mingtaga yetkazish zarurligini taʼkidladi.
Buning uchun, 2023-yil 1-yanvardan:
— kichikdan oʻrta biznesga oʻtgan korxonalar ikki yil davomida foyda soligʻining faqat 50 foizini toʻlaydi;
— mulkni sugʻurta qilish xarajatlarining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi;
— soddalashtirilgan soliq, moliyaviy va statistika hisobotlari joriy etiladi;
— davlat xaridlarida 20 foiz kvota oʻrnatilib, ushbu xaridlar doirasida ularga oldindan 50 foiz mablagʻ toʻlab beriladi (amalda 15 foiz).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring