Muhriddin Tilovov Astana “Katta dubulg‘a” turnirida bronza medaliga sazovor bo‘ldi
Dzyudo bo‘yicha Astana shahrida start olgan “Katta dubulg‘a” turnirining ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Mazkur medalga -66 kg vazn toifasida kurashgan Muhriddin Tilovov mualliflik qildi.
Chorak finalda neytral maqomda kurashgan Ramazon Abdullayevga imkoniyatni boy bergan Tilovov o‘tish bosqichida mezbon Baurjan Narbayevdan, uchinchi o‘rin uchun bahsda esa xitoylik Ziyang Syuedan ustun keldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring