Muhammad Saloh Rossiyaga qarshi bahsda maydonga tushadi

14:28 18 Iyun 2018 Sport
2027 0
Foto: foxsportsasia.com

Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salohning holati yaxshi. U Rossiya terma jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushadi.

Bu haq Misr futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

“Saloh birinchi turdagi o‘yindan oldin ham yaxshi holatda edi. Biroq murabbiy uni xavf ostiga qo‘yishni istamadi. Urugvayga qarshi uchrashuvda biz boshqa futbolchilarning jarohat olmasligi uchun harakat qildik. Saloh Rossiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushadi”, - deb yozadi terma matbuot xizmati.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, Yevropa chempionlar ligasi finalida jarohat olgan Muhammad Saloh jahon chempionati birinchi turidan o‘rin olgan Misr — Urugvay uchrashuvida maydonga tushmadi. Natijada uning jamoasi 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib quydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер