Muhammad Saloh “Liverpul”ni tark etadi
Misr terma jamoasi va “Liverpul” klubi futbolchisi Muhammad Saloh yozda jamoasini oʻzgartiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
“Salohning 2027-yil iyun oyiga qadar “Liverpul” bilan shartnomasi bor. Ammo futbolchi jamoani tark etmoqchi.
Oʻz navbatida “Liverpul” klubi rahbariyati Muhammad shunday qarorga kelsa, futbolchini erkin agent sifatida qoʻyib yuborishga tayyor”, deb xabar bermoqda Romano.
Maʼlumot uchun, Muhammad Saloh 2017-yildan beri “Liverpul” jamoasida oʻynab kelmoqda. U jamoadagi faoliyati davomida 435 ta oʻyin oʻtkazib, 255 ta gol kiritgan. Shuningdek, klub bilan birgalikda Angliya Premyer ligasi va Yevropa chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring