Mudofaa vaziri boshchiligida harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligi koʻzdan kechirildi

17:53 02 Yanvar 2024 Jamiyat
326 0

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Namangan garnizonidagi harbiy qismga tashrif buyurib, u yerda harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi, jangovar tayyorgarligi hamda harbiylar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shundan soʻng, mudofaa vaziri “Gʻurumsaroy” dala oʻquv maydonida muddatli harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv oʻtkazib, ular bilan suhbat qurdi.

Merganlar tayyorlash markazida esa Fransiya delegatsiyasi harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda tashkil etilgan amaliy mashgʻulotlarni kuzatdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер