Mudhish YTH! Haydovchi qurbon boʻldi

11:04 05 May 2020 Jamiyat
968 0

Joriy yilning 4-may kuni soat 21:20larda Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani Mustaqillik koʻchasida joylashgan “Xalq banki” roʻparasida 1989-yilda tugʻilgan haydovchi A.S. “Lasetti” rusumli transport vositasini yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, yoʻlning oʻng chetida toʻxtab turgan, harakatda boʻlmagan “Yoʻl qurilish unitar” korxonasiga tegishli boʻlgan asfalt yotqizish mashinasiga urilib, YTH sodir qilgan.

Natijada “Lasetti” rusumli transport vositasi haydovchisi A.S. olgan ogʻir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Ushbu transport vositasi yoʻlovchisi 1986-yilda tugʻilgan A.P. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Gʻuzor tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер