Mudhish YTH! 4 yoshli bola qurbon boʻldi

18:46 20 Aprel 2020 Jamiyat
1076 0

Jizzaxda mudhish yoʻl-transport hodisasi natijasida voyaga yetmagan bola halok boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, 2020-yilning 19-aprel kuni soat 07:20da Zomin tumanida yashovchi 28 yoshli B.U. “VAZ-21063” rusumli avtomashinasini Zomin tumanidan oʻtuvchi yoʻlda yoʻlning oʻng tomonidan chap tomoniga yugurib kesib oʻtayotgan voyaga yetmagan 4 yoshli S.U.ni urib yuborib, yoʻl-transport hodisasini sodir etgan.

Natijada voyaga yetmagan S.U. olgan tan jarohatlari bilan tuman kasalxonasiga yotqazilgan va koʻrsatilgan tibbiy mualajaga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер