Muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qildi

16:18 20 Aprel 2025 Jamiyat
766 0

Vatanga qasamyod kechagina paydo bo‘lib qolgan an’ana emas. Bu qanchadan-qancha sarkardalarimiz, botirlarimiz tilida yangragan va so‘nggi nafasgacha yurakda saqlanadigan muqaddas ontdir.

Bugun, 20-aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarida tantanali ravishda harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod keltirish marosimi o‘tkazildi.

Xususan, poytaxtimizdagi “Vatanga qasamyod” majmuasida o‘tkazilgan marosimda mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Zaynobiddin Iminov yig‘ilganlar e’tiboriga mudofaa vazirining askarlarga tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar yurt osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilishga bel bog‘lagan o‘g‘lonlarga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdilar.

Ta’kidlash lozimki, bu kabi tantanali marosimlar bugun “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hamda “Chirchiq” poligonida ham ko‘tarinkilik bilan o‘tkazildi.

Joylardagi marosimlarda Mudofaa vazirligi, harbiy okruglar va qo‘mondonliklarning mas’ul ofitserlari har bir yurt o‘g‘loniga muddatli harbiy xizmat davomida ulkan zafarlar tiladi. Asosiy tadbirdan so‘ng, harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘rgazmali qo‘l jangi va jangovar chiqishlar, konsert dasturlari namoyish etiladi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер