MSK delegatsiyasi Bangladeshda oʻtkazilgan parlament saylovlari kuzatuvida ishtirok etdi

15:05 07 Yanvar 2024 Siyosat
440 0

Foto: MSK

Bangladesh saylov komissiyasi va Komissiya huzuridagi Saylov monitoringi forumi takliflariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi S. Qurbonqulov va Komissiya Kotibiyatining Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi A. Nurmuhamedovlardan iborat MSK delegatsiyasi joriy yilning 7-yanvar kuni Bangladeshda boʻlib oʻtgan XII umumiy milliy saylov jarayonlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

XII umumiy milliy saylovlarda Bangladeshning bir palatali Djatiya Sangsad (parlament) aʼzolari saylandi. Djatiya Sangsad – mamlakatning yagona qonun chiqaruvchi organi boʻlib, uning 350 nafar aʼzosi 5-yil muddatga toʻgʻridan toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan saylanadi. Saylov jarayonlarini tashkil etish uchun 300 ta saylov okruglari va 42 000 dan ortiq saylov uchastkalari tuzildi. Saylovchilarning umumiy soni qariyb 120 million nafarini tashkil qildi.

Ovoz berish kuni MSK delegatsiyasi Bangladesh poytaxti boʻlmish Dakka shahridagi bir necha saylov uchastkalarini kuzatishdi. Saylov uchastkalarida tayyorgarlik va xavfsizlikni taʼminlash ishlari yuqori saviyada tashkil qilinganligiga bevosita guvoh boʻlishdi. Shuningdek, saylov jarayonlarida ayollar va yoshlarning faol ishtiroki qayd etildi. Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер