Moskvaga dronlar hujumi uyushtirildi. Qurbonlar bor
Rossiya poytaxti Moskva shahriga dronlar hujumi uyushtirildi. Poytaxt meri Sergey Sobyaninning maʼlum qilishicha, ularning 69 tasi urib tushirilgan. Dronlarning qoldiqlari turar joy binolarining ustiga qulagan.
Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov Lenin shahar okrugi va Domodedovo Vidnoye shahrida hujumi oqibatida ikki kishi halok boʻlgani va uch kishi yaralanganini maʼlum qilgan.
Moskva temir yoʻli Domodedovo stansiyasidagi infratuzilmaga zarar yetganini bildirdi. Rosaviatsiya Domodedovo, Sheremetyevo, Vnukovo va Jukovskiy aeroportlari, shuningdek, Nijniy Novgorod va Yaroslav aeroportlariga cheklovlar kiritdi.
Mahalliy hokimiyat maʼlumotiga koʻra, Kaluga viloyatida sakkizta uchuvchisiz uchoq urib tushirilgan. Peremishl tumanida bino yonib ketgan, Jukov tumanida turar-joy binolari shikastlangan.
Ramenskiyda besh kishi oʻtkir stress holati bilan tibbiy yordamga murojaat qilgan.
Manbada hujum kim tomonidan sodir etilgani haqida maʼlumot berilmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring