Moskvadan Oʻzbekiston viloyatlariga repatriatsiya qatnovlari amalga oshiriladi — parvozlar ro'yxati va muddatlari
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Vatanga qaytib kelishida qulay sharoitlar yaratish maqsadida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Moskva shahri Vnukovo aeroportidan Andijon, Urganch, Buxoro, Termiz, Samarqand, Fargʻona, Namangan shaharlariga 5 – 10-oktyabr kunlari quyidagi yoʻnalishlarda repatriatsiya qatnovlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda (parvoz soatlari mahalliy vaqt bilan koʻrsatilgan):
5-oktyabr
HY3622 Moskva – Andijon 09:40/15:55
HY3616 Moskva – Urganch 21:40/03:15
6-oktyabr
HY3608 Moskva – Buxoro 08:10/14:05
HY3610 Moskva – Termiz 21:00/03:15
7-oktyabr
HY3606 Moskva – Samarqand 09:20/15:20
HY3616 Moskva – Urganch 20:35/02:10
8-oktyabr
HY3628 Moskva – Fargʻona 07:05/13:20
HY3628 Moskva – Samarqand 21:00/03:00
9-oktyabr
HY3622 Moskva – Andijon 08:50/15:05
HY3608 Moskva – Buxoro 20:50/02:45
10-oktyabr
HY3620 Moskva – Namangan 07:50/14:10
“Ushbu qatnovlardan faqat COVID-19 PZR – testining (PZR testi qatnovdan 72 soat oldin amalga oshirilishi kerak) manfiy natijasi haqidagi maʼlumotnomaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin. PZR maʼlumotnomasi boʻlmagan yoʻlovchilar aviakompaniya qatnovlariga qoʻyilmaydi” deyiladi Transport vazirligi axborot xizmati xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring