“Moskva — Fargʻona — Moskva” yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi
Rossiyaning “SmartAvia” kompaniyasi Fargʻonaga muntazam qatnovlarini yoʻlga qoʻydi. Bugun, 2021-yil 11-dekabrda ushbu kompaniya Domodedovo aeroportidan Fargʻona aeroportiga birinchi qatnovini amalga oshirdi.
Anʼanaga koʻra, samolyot suvli arka bilan kutib olindi.
“Moskva — Fargʻona — Moskva” yoʻnalishidagi muntazam qatnovlar haftaning shanba kunlari Boeing-737-800 va A-321 laynerlarida amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring