MOQ Gʻofur Rahimovga omad tiladi

17:59 02 Noyabr 2018 Sport
1619 0

2-3 noyabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) ning navbatdagi Kongressi oʻtkazilyapti. Bugun mazkur Kongress oʻz ishini boshladi. Ushbu yirik tadbirda jahonning eng katta sport federatsiyalaridan biri - AIBAga yangi rahbar saylanishi kutilmoqda. Prezidentlik uchun asosiy nomzod hamyurtimiz Gʻofur Rahimov boʻlib turibdi. Kongressda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham bevosita ishtirok etmoqda. Shuningdek, Kongress doirasida boks rivoji yoʻlidagi bir qator masalalar muhokama qilinishi kutilayotir. Bu haqida MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Kun tartibidan oʻrin olgan eng asosiy masala albatta tashkilotga yangi rahbar saylashdir. Ertaga oʻtkaziladigan saylovda Gʻofur Rahimovga Osiyo boks federatsiyasi rahbari, qozogʻistonlik Serik Konakbayev raqobat qilishi kutilmoqda.

Bugun Rahimov Kongress davomida soʻzga chiqdi va tashkilot rahbariga aylanganidan soʻng qilingan ishlar haqida, jumladan AIBA qarzlaridan qutulgani, ayollar boksini rivojlantirish, boks Olimpiya oʻyinlari dasturidan chiqarib tashlanishiga yoʻl qoʻymasligi haqida gapirdi.

Eslatib oʻtamiz, Ching Kuo Vu isteʼfoga chiqqach Gʻofur Rahimov AIBAʼga vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Ertaga boʻlib oʻtadigan saylovda AIBA prezidentligi masalasi uzil-kesil hal qilinadi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi ushbu saylovda hamyurtimizga omad tilaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер