“Montaj” qisqa metrajli filmi xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi
Kinematografiya agentligi buyurtmasi binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Montaj” (“Collage”) qisqa metrajli filmi Los-Anjelesda aprel oyi oxirida oʻtkaziladigan “Indie Short Fest” (Los Angeles International Film Festival) xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi.
Mazkur film kinofestivalning “Eng yaxshi talabalik ishi” yoʻnalishi boʻyicha, finalistlar safidan oʻrin oldi.
Maʼlumot uchun, rejissyor Dilshodbek Usmonovning “Montaj” filmi Kinematografiya agentligi tomonidan oʻtkazilgan “Debyut start-2021” qisqa metrajli filmlar kinofestivalida 2 darajali “Gran-pri” mukofotini qoʻlga kiritgan hamda “Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyasida gʻolib boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring