Moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibi yanada liberallashtiriladi
“Moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibini yanada liberallashtirish va sud nazorati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–138-son, 15.04.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2026-yil 1-oktyabrdan:
vakolatli organlarning moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori tadbirkorning tanloviga koʻra quyidagi shakllardan birida ixtiyoriy ijro etilishi mumkin:
vakolatli organning moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori topshirilgan kundan boshlab 1 oy muddatda jarima miqdorining 50 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlash sharti bilan jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod etish;
qoʻllangan moliyaviy jarima summasini 6 oy davomida
teng miqdorlarda boʻlib-boʻlib toʻlash;
vakolatli organning moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori sud tomonidan bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, undirilgan mablagʻlar, shu jumladan, moliyaviy jarima hamda penya yoʻnaltirilgan manbalar hisobidan 15 kun muddatda mutanosib ravishda qaytariladi;
yuqoridagi belgilangan muddatda qaytarilmagan summaga nisbatan qaytarish muddati buzilgan har bir kalendar kun uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 300 dan biriga teng miqdorida foiz toʻlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring