Moliya va sugʻurta sohasining YAIMdagi ulushi oshdi
Foto: Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida moliya va sugʻurta sohasi qoʻshilgan qiymatining yalpi ichki mahsulot (YAIM)dagi ulushi 5,7 % ni tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davrida 4,6 % ni tashkil etgan edi.
Taqqoslash uchun, joriy yilda moliya va sugʻurta sohasining YAIMdagi ulushi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 % ga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring