Moldovada Orxey shahri meri hibsga olindi
Moldovada Orxey meriyasida oʻtkazilgan tintuv chogʻida muxolifatchi Ilon Shorni qoʻllab-quvvatlagan shahar rahbari Tatyana Kocha qoʻlga olindi. Bu haqda NewsMaker portali xabar berdi.
“Hokim shahar hayotini “falaj” qilishga, aholini munosib hayotdan mahrum etishga uringanlikda ayblanmoqda”, deyiladi nashrda.
Huquq-tartibot idoralariga koʻra, meriyadagi tergov harakatlari siyosiy korrupsion holat bilan bogʻliq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring