Moʻgʻuliston Prezidenti tantanali kutib olindi

11:31 24 Iyun 2024 Siyosat
327 0

24-iyun kuni Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushish marosimidan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер