“Moddiy yordam puli eng zarur vaqtda yetkazildi”

09:40 13 Avgust 2020 Jamiyat
1398 0

Ayni kunlarda Ishtixon tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq “temir daftar”ga kiritilgan kambagʻal oilalarning har biri aʼzosiga 220 ming soʻmdan moddiy yordam pullari tarqatilmoqda.

Ishchi guruh aʼzolari sektorga biriktirilgan bank xodimlari bilan Katta qangʻli mahallasida ehtiyojmand oilalar xonadoniga borib, pul mablagʻlarini oʻz egalariga yetkazdi.

— Birinchi guruh nogironiman, — deydi shu mahallada yashovchi I.Sariboyev. — Farzandlarim karantin sabab ishsiz qolishgandi. Ochigʻi, bir joydan bir soʻm kelmagandan keyin roʻzgʻorni qaytarkanmiz, deb oʻylanib turgandik. Bugun 1 million 320 ming soʻm moddiy yordam puli berildi.

Qiyin vaziyatda biz kabi qoʻli kalta fuqarolarini qoʻllab-quvvatlayotgan davlatimiz rahbariga ming rahmat!

Tumanning 4 ta sektorida ham “temir daftar”da qayd etilgan oilalarga moddiy yordam pullari tarqatilmoqda.

Albatta, bir qarashda mazkur mablagʻlar har bir oilaning ham katta ehtiyojlarini qondirishga yetmas, ammo bugun ogʻir sharoitga tushib qolganlar uchun birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalarini xarid qilishda asqotishi tayin.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер