Mobil qurilmalarning “IMEI”-raqamlarini qalbakilashtirganlik uchun javobgarlik belgilanadi
Tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida, hududlarda “qora roʻyxat”ga kiritilganligi sababli bloklangan uyali telefonlarning “IMEI” kodlarini pul evaziga klonlashtirish bilan shugʻullanib kelgan bir qator shaxslar aniqlangan.
Qonunchilikda bunday harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan biron-bir huquqiy taʼsir chorasi qoʻllash belgilanmaganligi takroriy jinoyatlar sodir etilishiga ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni fosh etilmasdan qolishiga sabab boʻlib kelayotgan edi.
Mazkur masala chuqur tahlillarga tayangan holda koʻrib chiqilib, Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Oliy Majlis palatalarining navbatdagi majlisida ushbu Qonun loyihasi 1-oʻqishda qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring