Misrdan gepatit C ga qarshi preparatlarning navbatdagi partiyasi olib kelindi

13:41 30 Yanvar 2024 Jamiyat
234 0

Misr hukumati tomonidan gepatit S ga qarshi “Sofosbuvir-400mg” dori vositasining navbatdagi partiyasi yetkazib berildi.

Jami 6720 donadan iborat ushbu preparatlar Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar boʻlgan jami 800 ming dona “Daklatasvir”, “Sofosbuvir” va “Entekavir” dori vositalari taqdim etilishi boʻyicha kelishuvga erishilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер