Misrda firʼavnlarning 16 ta sirli qabri topildi

13:01 03 Fevral 2020 Dunyo
1122 0

Foto: news.day.az

Nil daryosi vodiysida joylashgan Tuna al-Gabal (Misr) aholi yashash punktida arxeologlar 16 ta qadimgi qabrni topishdi. Ular miloddan avvalgi 664-399-yillarga, firʼavnlarning uchta sulolasiga tegishli ekanligi aytilmoqda, deb yozmoqda “Day.Az”.

Misr yodgorliklari vazirligi veb-saytida jami 25 sarkofag topilgani haqida xabar berilgan. Ulardan yigirmatasi ohaktoshdan yasalgan. Beshta tobut esa yogʻochdan tayyorlangan.

Shuningdek, arxeologlar maqbaralar ichidan “Ushebti haykali” deb nomlanuvchi yuzlab tumorlarni va 10 mingta koʻk rangli dafn marosimi uchun ishlatilgan haykallarni topishgan.

Topilgan sarkofaglarning qopqoqlari inson tanasi shaklida yasalgan. Maʼlum qilinishicha, qabrlar yaxshi holatda saqlanib qolgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер