Misrda mashhur “choʻkkan shahar” kashf qilindi

19:25 28 Iyul 2021 Dunyo
1975 0

Misrda olib borilgan arxeologik qidiruvlar natijasida mamlakatning eng yirik porti sifatida foydalanilgan qadimiy choʻkkan shahar topildi. Yevropa suv osti arxeologiyasi instituti boshchiligidagi tadqiqotlar choʻkib ketgan shaharda harbiy kema va yunon savdogarlariga tegishli qabriston qoldiqlarini aniqlashdi.

Nil daryosining gʻarbiy tarmogʻining boshida topilgan va Misrga kirishni boshqaruvchi Thonis-Gerakliyon miloddan avvalgi 331-yilda Aleksandr Makedonskiy tomonidan asos solingan va mintaqaning Iskandariyadagi markazi hisoblanadi.

Qadimgi shahar miloddan avvalgi II asrda mashhur Amun ibodatxonasi qulashi bilan choʻkib ketgan deya taxmin qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер