Misrda 13 qavatli bino qulab tushdi
Foto: Al-Ahram
Misrning Iskandariya shahrida 13 qavatli bino qulab tushdi. Bu haqda “Al-Ahram” gazetasi xabar tarqatdi.
Iskandariya gubernatori Muhammad al-Sherifning soʻzlariga koʻra, ayni damda vayronalar ostida qolganlarni qutqarish boʻyicha qidiruv ishlari olib borilmoqda. Misr huquq-tartibot idoralari bir kishi tan jarohati olgani haqida xabar berdi. Bundan tashqari, bino yaqinida toʻxtab turgan avtomobillar va birinchi qavatdagi doʻkonlar ham zarar koʻrgan.
Koʻp qavatli uyning qulashi natijasida yongʻin kelib chiqqan. Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari tomonidan yongʻin tezda oʻchirilgan. Maʼlum qilinishicha, bino 1970-yillarda qurilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring