Misr haddan tashqari issiq harorat tufayli elektr energiyasi yuklamasini kamaytirdi
Misr Bosh vaziri Madbuli: mamlakat kuchli issiq harorat sharoitida elektr energiyasi yuklamasini kamaytirdi.
Misr haddan tashqari issiq harorat va isteʼmolning ortishi tufayli elektr energiyasi yuklamasini kamaytirdi, dedi Misr Vazirlar Mahkamasi yigʻilishida Bosh vazir Mustafo Madbuli.
Misr Bosh vazirining qayd etishicha, yuklamaning qisqarishi vaqtinchalik holat boʻlib, bu jarayon tarmoq normal bosimga qaytgunga qadar davom etadi.
Madbulining qoʻshimcha qilishicha, elektr yuklamasining kamayishi ikki kun avval boshlangan va navbatma-navbat kelasi hafta oʻrtalarigacha davom etadi.
Soʻnggi kunlarda Misrning bir qator viloyatlari va Katta Qohira aglomeratsiyasining elektr taʼminotida uzilishlar kuzatildi. Misrda kuchli jazirama bor, mamlakat poytaxtida kun davomida harorat baʼzan 40 darajadan oshadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring