“MISiS”ning xalqaro hamkorlari koʻpaymoqda
Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan yoshlar siyosati sohasida ustuvor maqsadlardan biri yoshlarni bilim va malakali etib tarbiyalash, jahon taraqqiyotiga mos mutaxassislar tayyorlashdir.
Bunda oʻquv jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini taʼminlash va talabaning oʻz ustida ishlashi uchun muhit yaratish pirovard vazifa etib belgilangan.
Shu maqsadda Oliy taʼlim vazirligi boshchiligida “MISiS”ning Olmaliq filiali hamda Germaniyaning dunyoga mashhur togʻ-kon metallurgiya sohasida 110-yillik boy tarixga ega boʻlgan “Zeppelin” kompaniyasi bilan oʻzaro keng koʻlamli hamkorlik haqida bitim imzolandi. “MISiS” ushbu nemis kompaniyasining Oʻzbekiston OTMlari orasida ilk hamkoridir.
Koʻp vaqt oʻtmay ushbu kelishuv oʻz ijobiy natijalarini berdi. Xususan, MISiSning Olmaliq filialida taʼlim sifatini yanada oshirish maqsadida yevropalik hamkorlar tomonidan eng zamonaviy trenajer simulyatorlar, multimediya va kompyuter texnikalari hamda qator boshqa uquv-uslubiy uskunalar bilan jixozlangan qiymati deyarli 100 ming yevroga yaqin ishlab chiqarish laboratoriyasi tashkil etib berildi.
Bundan tashqari, kelgusida xorijiy hamkorlar “MISiS”da xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻquv maʼruzalarini tashkil qilish, yuqori darajadagi qurilish uskunalarida ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish uchun simulyatorlar bilan taʼminlashni rejalashtirgan.
“Zeppelin” Oʻzbekistonda taʼlim loyihalari hamda togʻ-kon va texnologiya universitetlariga homiylik qilish uchun katta resurslar ajratishga tayyor. Bizning Oʻzbekiston OTMlari bilan taʼlim loyihalarimiz nafaqat amaliy tajriba almashish va sanoat rivojiga hissa qoʻshish, balki kelajakdagi yosh mutaxassislar bilan muloqot qilishdan kuch-gʻayrat olish imkoniyati hamda konchilikka yangi nuqtayi nazar bilan qarashdir», deydi “Zeppelin Central Asia Machinery” vakili Mixail Konsevenko.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring