“MISiS”ga qabul kvotalari eʼlon qilindi

19:03 04 Iyul 2020 Jamiyat
2446 0

“MISiS” NITU Olmaliq filialiga 2020/2021 oʻquv yili uchun talabalarni qabul qilish kvotasi 250 kishini tashkil etadi va talabalarning 40 foizi Oʻzbekiston davlat buyurtmasi (byudjeti) hisobidan tahsil oladi.

Avvalgi yillar bilan taqqoslaganda, joriy yilgi qabul komissiyasining farqli jihati — birinchi marta sirtki oʻqish uchun kvotalarning ajratilishi va abituriyentlarning hujjatlari onlayn tarzda qabul qilinishidir.

Respublika Oliy Taʼlim Vazirligi va “bosh universitet”ning global pandemiyada sharoitida bergan koʻrsatmalarini hisobga olgan holda, shuningdek, respublikaning chekka hududlaridan kelganlar imtihon kunlari filial yotoqxonasiga joylashtiriladi.

Hujjatlar qabuli quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshiriladi, bunda kvotalar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

— “Metallurgiya (metall texnologiyasi)” - 75 kunduzgi va 25 sirtqi,

— “Avtomatlashtirish va texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)” - 25 ta kunduzgi va 25 ta sirtqi va

— “Konchilik” ixtisosligi - 75 kunduzgi va 25 sirtqi.

Hujjatlarni topshirish muddati:

— kunduzgi oʻqish shakli uchun 2020-yil 20-iyundan 20-iyulgacha?

— sirtqi oʻqish shakli uchun 2020-yil 20-iyundan 31-iyulgacha.

Kirish imtihonlari kunduzgi oʻqish shakli uchun 2020-yil 25-iyuldan 5-avgustgacha, sirtqi oʻqish uchun 2020-yil 5-avgustdan 15-avgustgacha rejalashtirilgan.

Kerakli hujjatlar roʻyxati va hujjatlarni onlayn tarzda topshirish boʻyicha yoʻriqnoma bilan misis.uz saytida tanishish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер