Mirziyoyev: Naqd pul, valyuta va xomashyo boʻyicha mavjud cheklovlar, toʻsiq va gʻovlarning koʻpiga barham berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtmoqda.
Unda Prezident kredit berish masalasiga ham toʻxtaldi.
«Keyingi 3-4 yilda tadbirkor uchun kredit va subsidiya olish, litsenziya, koʻchmas mulk va resurslarga ega boʻlish, eksport kabi masalalarda koʻplab yangi-yangi imkoniyat va sharoitlarni yaratdik. Ortiqcha tekshirishlar, naqd pul, valyuta va xomashyo boʻyicha mavjud cheklovlar, toʻsiq va gʻovlarning koʻpiga barham berildi.
Eng asosiysi, el orasida va davlat idoralarida tadbirkorlarga nisbatan munosabat oʻzgardi, jamiyatda ularning obroʻ va mavqei kun sayin tobora ortib bormoqda. Natijada ichki va tashqi bozorda oʻz mustahkam oʻrniga, nufuzi va brendiga ega boʻlgan, haqiqiy tadbirkorlarimiz sinfi shakllana boshladi», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring