Mirobod tumanida “Malibu-2” hamda skuter ishtirokida toʻqnashuv yuz berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumanida “Malibu-2” hamda skuter oʻzaro toʻqnashgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 4-may kuni soat 20:30 larda Mirobod tumani Eski Sarikul koʻchasi 94-uy qarshisida haydovchi 2003-yilda tugʻilgan M.A. boshqaruvidagi “Malibu-2” rusumli transport vositasi va 1978-yilda tugʻilgan D.M. boshqaruvidagi skuter mototransport vositasi oʻzaro toʻqnashishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi bergan maʼlumotlarga koʻra, ushbu YTH natijasida skuter mototransport vositasining haydovchisi va yoʻlovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan meʼyorlardan oshirmasliklarini soʻraymiz”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring