“Mintaqa olov ichida qolishi mumkin”: Turkiya prezidenti Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan bayonet bilan chiqdi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon AQSH va Isroilning Eronga hujumini qoralab, bayonot bilan chiqdi.
Turkiya Prezidenti Isroil bosh vaziri Netanyaxuning provokatsiyalaridan keyin Eronga nisbatan boshlangan hujumlardan chuqur qaygʻuda va xavotirda ekanini maʼlum qildi.
“Uzoq vaqt davomida kelishmovchiliklar muzokaralar stolida hal qilinishini taʼminlash uchun jiddiy saʼy-harakatlar qildik. Mintaqamizdagi boshqa davlatlar ham qoʻllaridan kelganini qildilar. Biroq, tomonlar oʻrtasidagi ishonchsizlikni bartaraf etib boʻlmagani va Isroil jarayonni buzishga urinishda davom etgani sababli, kerakli natijaga erishib boʻlmadi”, — deydi Turkiya rahbari.
Shuningdek u, bugun, 28-fevral kuni sodir boʻlgan hujumlarni qatʼiy qoralab, ular nafaqat Eron suverenitetini, balki doʻstona va qardosh Eron xalqining tinchligi va farovonligini ham buzganini qoʻshimcha qilgan.
“Biz Eronning Fors koʻrfazidagi qardosh mamlakatlarimizga qarshi raketa va dron hujumlarini, ularning ortidagi sabablardan qatʼi nazar, qabul qilib boʻlmaydigan holat deb hisoblaymiz. Agar diplomatiya uchun sharoit yaratilmasa, mintaqamiz olov ichiga tortilishi mumkin”, — degan Erdoʻgʻon.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring