Manbaning yozishicha, futbolchi bugun, 15-iyun kuni Chernogoriyaning Budva shahridagi uyida doʻstlari bilan dam olayotgan boʻlgan. Mahalliy vaqt bilan tonggi soat 06:30 larda Sharkichning ahvoli yomonlashgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam shifokorlari esa uni qutqarib qololmagan.
Chempion klubi ham Matiya Sharkichning vafoti haqidagi tashvishli xabarni eʼlon qildi va yaqinlariga taʼziya bildirdi. Posbon 2023-yilning avgust oyida jamoaga qoʻshilgan hamda klub safida 33 ta oʻyin oʻtkazgan.
Maʼlumot uchun Matiya Sharkichning egizagi Oliver Sharkich 2022-yilda “Paxtakor” safida toʻp surgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring