Milliy qonunchiligimiz Jahon savdo tashkilotining tegishli bitimlariga muvofiqlashtiriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligining Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilyapti.
Mazkur qonun loyihasi bilan intellektual mulk, reklama va davlat boji bilan bogʻliq boʻlgan qonunchilikni Jahon savdo tashkilotining tegishli bitimlariga muvofiqlashtirish nazarda tutilmoqda.
Jumladan, intellektual mulk obyektlarini roʻyxatga olish jarayonlarida ortiqcha qogʻozbozlik va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini soddalashtirish maqsadida tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalarini berish muddati 10 kundan bir kunga qisqartirish belgilanmoqda.
Bunda obyekt muayyan davlat reyestrlarida roʻyxatga olingan kunning oʻzida tegishli guvohnoma elektron shaklda tasdiqlagan holda beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring