Milliy gvardiya qoʻmondoni Bahodir Toshmatov lavozimini tark etdi

19:39 16 Mart 2020 Jamiyat
6774 0

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga yangi qoʻmondon tayinlandi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, general-mayor Rustam Mirzayevich Joʻrayev Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni lavozimini egalladi.

U bu lavozimda 2017-yilning avgustidan buyon ishlab kelgan Bahodir Hamidovich Toshmatov oʻrnini egalladi.

Rustam Joʻrayev 2018-yilning fevralidan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — Toshkent shahar IIBB boshligʻi lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

Eslatib oʻtamiz, Bahodir Toshmatov 2019-yilning yanvarida general-polkovnik harbiy unvoni bilan taqdirlangandi. U lavozimini nega tark etgani haqida hozircha maʼlumot yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер