Milliy emlash kalendari asosida odam papilloma virusiga qarshi emlash oʻtkazilmoqda
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, har yili dunyo boʻyicha 528 000 nafar ayol bachadon boʻyi saratoni kasalligi bilan kasallanib, ulardan 266 000 nafari nobud boʻlmoqda.
Mamlakatimizda bu xastalik barcha yoshdagi ayollar oʻrtasida koʻkrak bezi saratonidan keyingi oʻrinni egallaydi. Oʻlim koʻrsatkichi boʻyicha esa barcha yoshdagi ayollar oʻrtasida koʻkrak bezi va oshqozon bezi saratonidan keyin uchinchi va tugʻish yoshidagi ayollar orasida esa ikkinchi pogʻonada qayd etiladi.
Kasallikning profilaktikasi 9 yoshdagi qizlarni papilloma virusiga qarshi emlash hisoblanadi.
Joriy yilning aprel va may oylarida joylardagi davolash-profilaktika muassasalarining emlash brigadalari tomonidan papilloma virusi kasalliklarining oldini olish maqsadida milliy emlash kalendari asosida emlash tadbirlari olib boriladi.
Jahon immunizatsiya haftaligi doirasida davom etayotgan ushbu tadbirlarda 3138 ta emlash punktida tibbiyot xodimlarining tayyorgarligi oshirilib, rejaga asosan 307 064 nafar 9 yoshdagi qizlarni qamrab olish rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring