Milliy armiya – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Milliy gvardiyaning Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
“Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostidagi navbatdagi tadbir “Ochiq eshiklar kuni“ sifatida oʻtkazilib, kun davomida viloyatdagi oʻquvchi yoshlar yuzma-yuz muloqotlar uyushtirildi.
— Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyati, harbiy texnikalar, qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi, — deydi Milliy gvardiyaning Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimi Shermuhammad Dehqonov. — Harbiy xizmatchilar ishtirokida ot minish boʻyicha mahorat darslari oʻtkazilib, xizmat itining qiziqarli chiqishlari namoyish etildi.
Tadbir qatnashchilari harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar, ular erishgan yutuqlar hamda boshqarmada tashkil etilgan kutubxona, shonli tarix muzeyi bilan ham yaqindan tanishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring