Milliarder karantin sabab vaqtincha Toshkentga koʻchib keldi
Foto: www.google.com
66 yoshli milliarder Alisher Usmonov koronavirus pandemiyasi vaqtida Toshkentda izolyatsiyada yashashga qaror qildi. Bu haqda u “Forbes”ga bergan intervyusida aytdi.
“Shubhasiz, koronavirus pandemiyasi biznesga ham va afsuski, jahon iqtisodiyotiga ham taʼsir qiladi.
Pandemiya qarshisida hamma teng, Xudo saqlasin. Hozir eng muhimi – odamlar salomatligi va baxti uchun dunyo davlatlari rahbarlari iroda koʻrsatib, geosiyosiy qarama-qarshiliklarga qaramay, global xavf qarshisida birlasha olishlari lozim.
Oʻzimga kelsak, men xavf guruhiga kirganim sabab, oʻz vatanim – Toshkent shahrida oʻz-oʻzimni izolyatsiya qildim”, – deydi Usmonov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring