Millatlararo doʻstlik va qardoshlik quloch yozmoqda

19:44 28 Iyul 2023 Jamiyat
597 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Andijon viloyatida oʻndan ziyod millat vakillari bir oila farzandlaridek, ahil va inoqlikda umrguzaronlik qilib kelmoqda. Bir-birimiz bilan nafaqat, mahalladosh, hamqishloq, shu bilan birga quda-anda, qarindosh ham boʻlib ketganmiz.

Ota-bobolarimizning xotirlashlaricha, uygʻurlar Andijon hududiga Qoʻqon xonligi davrida koʻchib kelgan. Hozirga kelib ularning soni 30 ming nafardan ziyod boʻlib, Paxtaobod tumanining Uygʻurobod, Shahrixon tumanining Doʻlan, Oltinkoʻl tumanining Uygʻur, Asaka tumanining Axtachi mahallalarida hamda Andijon shahrida istiqomat qiladilar.

Andijon viloyatida Uygʻur milliy madaniy markazi faollari yoshlarga uygʻur tili, madaniyati, urf-odatlari, milliy taomlari va anʼanalarini oʻrgatib kelmoqda.

Viloyatda uygʻur millatiga mansub fuqarolarning koʻpchilik qismi Paxtaobod tumanidagi Uygʻurobod mahallasida istiqomat qiladi. “Obod qishloq” dasturining ijrosini taʼminlash doirasida qishlogʻimiz infratuzilmasi yanada yaxshilandi. Yoʻl, umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, tibbiyot muassasalari, shuningdek, ikki qavatli, 200 tomoshabinga moʻljallangan madaniyat markazi binosi kapital taʼmirlandi. Bugungi kunga kelib ushbu binoda “Otush” uygʻur ansambli faoliyat olib bormoqda. Mamlakatimizda millatlar oʻrtasida doʻstlik va qardoshlik anʼanalari tobora quloch yozayotganidan biz juda mamnunmiz.

Adolatxon RAHMONOVA,

Andijon viloyati Uygʻur milliy madaniy markazi rahbari, “Doʻstlik” ordeni va “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni sohibasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер