«Mikrokreditbank»ning Surxondaryo viloyat filiali zamonaviy binoda ish boshladi

22:33 19 May 2022 Iqtisodiyot
1387 0

Reklama huquqi asosida

Tijorat banklari bugun nafaqat kredit ajratuvchi yoki bank xizmatlarini koʻrsatuvchi moliyaviy muassasa, balki odamlarning ogʻirini yengil qiluvchi, yaqindan yordam beruvchi va ishonchli maslahatchiga aylanmoqda. Zotan, bu davr talabi. Chunki aholi, yaʼni mijozlar bilan yaqin hamkorlik qilmasdan, bu borada ularni qiynayotgan masalalarga yechim topmasdan turib, ijobiy natijaga erishish qiyin.

Aytish joizki, «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bank jamoasi bu borada yetarlicha tajribaga ega hamda salmoqli natijalarni qoʻlga kiritmoqda. Bank mijozlari safi kengayib, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifat jihatdan tobora yaxshilanib borayotgani shundan dalolat beradi. Birgina oʻtgan yili «Mikrokreditbank»ning barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 5,9 trln. soʻmlik kreditlar ajratilib, 95 mingga yaqin aholi bandligi taʼminlandi. Xususan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturiga asosan, 73 mingga yaqin aholi va tadbirkorlik subyektlariga 2 048 mlrd. soʻmlik kreditlar berilib, 81 mingdan ziyod yangi ish oʻrni yaratildi.

Bank tomonidan bu kabi ishlarni uzviy davom ettirish, mijozlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida yaqinda Surxondaryo viloyat hududiy filialimiz uchun yangi va zamonaviy bino foydalanishga topshirildi. Uning ochilish marosimiga bagʻishlangan tadbir tantanali tus oldi.

Taʼkidlanganidek, Surxondaryo viloyatida «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining 10 ta filiali, 3 ta Bank xizmatlari markazi hamda 2 ta minibanki hududdagi 200 mingga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Bugungi kunda bankning viloyatdagi 24/7 rejimida ishlovchi shoxobchalari soni 15 taga yetgan. Ushbu shoxobchalarda 49 ta bankomat oʻrnatilgan boʻlib, ular kunu tun odamlar xizmatida.

Bundan tashqari, 2021-yilda viloyatdagi filiallar tomonidan 52 mingdan ortiq aholi va tadbirkorlik subyektlariga 588 mlrd. soʻmdan ortiq kredit mablagʻlari ajratilib, 10 mingga yaqin aholi bandligi taʼminlandi. Joriy yilning birinchi choragida esa 10 mingga yaqin mijozga 113,1 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratilib, 1 200 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. Misol uchun, Muzrabot tumanidagi «Alpomish Servis Invest» xususiy korxonasining 48,2 mlrd. soʻmlik (bank krediti 3,5 mln. AQSH dollari) bir martalik shpris va bint ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirish hisobiga 50 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Shuningdek, ushbu tumandagi "Dustlik Cooperation“ MCHJning 109,4 mlrd. soʻmlik (shundan bank krediti 6 mln. AQSH dollari) un ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi, Qumqoʻrgʻon tumanida “Niyozov Abulqosim” xususiy korxonasining 7,3 mlrd. soʻmlik (shundan bank krediti 300 ming AQSH dollari) parrandachilik loyihasi, Termiz tumanida “Termiz Tekstil” MCHJning 15,9 mlrd. soʻmlik (shundan bank krediti 1 mln. AQSH dollari) toʻqimachilik mahsulotlariga rang berish va tikuvchilik loyihasini moliyalashtirish hisobiga 100 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratishga erishildi.

Prezidentimizning 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, bugungi kunda bank Surxondaryo viloyatidagi 12 ta parrandachilik korxonalariga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Oʻtgan yilda ushbu xoʻjaliklarga 23 mlrd. 770 mln. soʻmlik kredit mablagʻlari ajratildi. Shundan, tuxum yoʻnalishida 7 ta loyihaga 15 mlrd. 830 mln. soʻm, goʻsht yoʻnalishidagi 3 ta loyihaga 7 mlrd. 940 mln. soʻm kredit yoʻnaltirilgan. Tuxum yoʻnalishida Jarqoʻrgʻon tumanida faoliyat yuritayotgan “Parranda kompleks” MCHJga 70 ming dona tovuq hamda ozuqa yem mahsuloti sotib olish uchun 5 mlrd. soʻm kredit mablagʻi ajratilishi natijasida korxona tomonidan 70 ming dona tovuq olib kelingan. Bugun bu yerda bir kunda oʻrtacha 56 ming dona tuxum olinmoqda. Qolaversa, korxona ichki bozordan tashqari, Afgʻonistonga 2021-yilda 1,5 mln. dona tuxum eksport qilishi natijasida 100,0 ming AQSH dollari miqdorida pul mablagʻi kelib tushgan. Joriy yilda ham qoʻshni davlatlarga 5 mln. dona tuxum eksport qilish rejalashtirilgan.

«Mikrokreditbank» ATB Surxondaryo viloyatidagi filiallari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida oʻtgan yilda 8,5 mingdan ziyod mijozga 228,7 mlrd. soʻm kredit mablagʻlari ajratildi. Buning natijasida esa jami 92 829 mingdan ortiq yangi ishchi oʻrinlari yaratishga erishildi.

Shuningdek, joriy yil birinchi choragida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida bankning Surxondaryo viloyati mintaqaviy va tuman filiallari tomonidan 500 dan ortiq mijozga 14,2 mlrd. soʻm kredit mablagʻlari ajratildi hamda 566 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Umuman olganda, «Mikrokreditbank» tomonidan joylardagi filiallarini zamonaviy qiyofaga keltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Koʻzlangan maqsad esa aniq: bankning xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish va mijozlarga qulaylik yaratish orqali mamlakatimiz taraqqiyoti, aholi turmush darajasini yuksaltirishdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер