“Mikrokreditbank” kreditlari koʻmagi bilan besh mingga yaqin xotin-qizlar “Ayollar daftari”dan chiqarildi
Foto: Illustrativ foto
Reklama huquqi asosida
«Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini hal etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oilaviy tadbirkorlikka ajratilgan 2 trln. 48 mlrd.soʻm imtiyozli kreditlarning 41 foizi, yaʼni 847 mlrd. soʻmi 38 ming nafar xotin-qizlarga yoʻnaltirildi. Joriy yilda mazkur yoʻnalishda 2,1 trln. soʻm imtiyozli kreditlar ajratilishi koʻzda tutilgan boʻlib, 1-martgacha 83 mlrd. soʻm, shundan 1604 nafar ayollarga 35 mlrd. soʻm kredit berildi.
Bank tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand qatlamga biznes loyihalarni taqdim etish, tadbirkorligiga koʻmaklashish orqali 4 884 nafar ayollarga 64,3 mlrd. soʻm imtiyozli shartlarda kredit ajratilib, ularni bandligi va daromad manbai taʼminlandi va “Ayollar daftari” dan chiqarildi.
Misol uchun, Mirzaobod tumanilik Sanobar Oʻrazovaga oʻz xonadonida 4 sotixli issiqxona tashkil etish uchun 20 mln. soʻm imtiyozli kredit taqdim etilishi hisobiga oilaning daromad manbai va bandligi taʼminlandi.
Joriy yilda bu borada amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlarning resurs manbalari aniqlashtirib olingan. Kredit olish istagini bildirgan roʻyxatdagi ayollarni qoʻllab-quvvatlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
— Kollejni tugatganimdan keyin, oʻqishga kirish imkoni boʻlmadi. Shu sababdan poligrafiya xizmatida ish boshladim, — deydi yosh tadbirkor Sanovar Aytjonova. — Bir muddat ishlaganimdan keyin tadbirkorlikning ushbu sohasida ishlashni oʻylay boshladim. Buning uchun dastlab nimalar zarur ekanligini bilganim bois ish boshlash qiyin boʻlmadi. Bankdan reklama xizmatini tashkil qilish maqsadida 200 million soʻm miqdorida kredit oldim. Oʻzimning ham shaxsiy mablagʻlarimni qoʻshgan holda «Qajimuxan Seyilxan» masʼuliyat cheklangan jamiyatini tashkil qildim. Ayni paytda korxonamizda 4 nafar yoshning bandligi taʼminlangan. Yillik ishlab chiqarish quvvatimiz esa 250 million soʻmni tashkil qiladi.
Umuman olganda, bank tomonidan joriy yilda ham xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratish, ularni ishga jalb qilgan holda kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlarni, ustuvor ravishda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar bandligini taʼminlashga yoʻnaltirishda zaruriy choralar koʻrib borilmoqda.
Bank axborot xizmati.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring