Namanganda qarzdor fuqaro MIB xodimiga pichoq bilan hujum qildi

11:20 12 Aprel 2023 Jamiyat
818 0

Illyustrativ foto

Davlat ijrochisi S.Badalboyev 10 aprel kuni soat 15:40 larda qarzdor fuqaro O.Toshboyev yashash xonadoniga 26 mln. 982 ming so‘mlik bank krediti va boshqa qarzdorliklarni undirish bo‘yicha majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish uchun borilgan. Bu haqda byuro rasmiy sayti xabar bermoqda.

Shu orada davlat ijrochisi xonadonga kelganda qarzdor yo‘qligi ma’lum bo‘lgan va telefon orqali kelishni so‘ragan. Qarzdor esa turli bahonalar bilan kelmasligini ma’lum qiladi. 

Shundan so‘ng, davlat ijrochisi qarzdorlik bartaraf etilmagani bois majburiy ijro harakatlari tayinlanganini bildirib kelishini so‘raydi. Bundan g‘azablangan qarzdor O.Toshboyev esa, davlat ijrochisini qasddan o‘ldirish maqsadida xo‘jalik pichog‘i bilan kelib, qonuniy faoliyatga qarshilik qilib, davlat ijrochisini ko‘krak qafasiga xo‘jalik pichog‘i bilan urmoqchi bo‘lganida, o‘zini himoya qilgan va o‘ng qo‘l kaft sohasidan jiddiy jarohat olgan. 

Qarzdor yana davlat ijrochisini o‘ldirish maqsadida uni ortidan quvgan vaqtda, ijro harakatlarida ishtirok etayotgan boshqa davlat xizmatchilari tomonidan qo‘lidagi xo‘jalik pichog‘i olib qo‘yilishi sababli, jinoyatni oxiriga yetkaza olmaydi. 

Mazkur holat bo‘yicha 2023 yil 10 aprel kuni To‘raqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер