MIB “Chorsu” bozorining mol-mulkini xatlovga oldi

13:10 31 Oktyabr 2018 Jamiyat
1762 0

Shayxontohur tumani MIB tomonidan “Eski Joʻva” AJ tomonidan boshqariladigan va xalq orasida “Chorsu” nomi bilan tanilgan bozorning pul mablagʻlari xatlovga olindi.

Bu haqda korporativ axborot yagona portalida maʼlum qilindi.MIB umumiy qiymati 11,8 mlrd. soʻm hajmidagi mulkni xatlagan. Maʼlumot uchun, “Eski Joʻva” AJga 1996 yilda asos solingan. Kompaniya saytidagi maʼlumotlarga koʻra, uning asosiy aksiyadori Toshkent shahar hokimligi(78,4 foiz) va boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslardir(21,5 foiz). 2017 yil yakuniga koʻra kompaniya 117 mln. soʻm sof foyda koʻrgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер