Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan yerusti metrosida poyezdlar sinov tariqasida harakatlana boshladi
Foto: Transport vazirligi
24-mart kuni Toshkent meropoliteni Yer usti halqa yo‘lining ikkinchi bosqichi Qo‘yliq – Sergeli yo‘nalishida qurib bitkazilgan 5 ta bekatda sinov tariqasida poyezdlarning texnik qatnovi boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Hozirda Yer usti halqa metro yo‘lining ikkinchi bosqichi – 8,5 km uzunlikdagi 5 ta bekatni o‘z ichiga olgan “Qo‘yliq–Quruvchilar” qismi qurib bitkazilgan bo‘lib, loyihaning 3,8 km uzunlikdagi 2 ta bekatni o‘z ichiga oluvchi “Quruvchilar–Qipchoq” qismida qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Texnik sinovlardan so‘ng mazkur yo‘nalishda yo‘lovchi tashuvlarining boshlanishi natijasida bir kunda 40 minga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring