Metroda voyaga yetmagan shaxsga nisbatan behayo harakatlar sodir etgan shaxs qoʻlga olindi
Foto: IIV matbuot xizmati
Joriy yilning 18-sentyabr kuni Toshkent metropolitening “Olmazor” bekatida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan behayo harakatlar sodir etib, qidirilayotgan shaxs qoʻlga olindi.
Bu haqda IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xabar bermoqda. Manbaga koʻra, qoʻlga olingan shaxs ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166 (talonchilik), 169 (oʻgʻirlik) hamda 127 (voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) moddalarida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan, Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi, 1989-y.t., fuqaro K.Sh. ekanligi aniqlandi.
Hozirda, IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti tomonidan mazkur shaxsning harakatlarida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish jinoyatining alomatlari mavjudligi tekshirilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, agar siz yoki yaqinlaringiz ushbu fotosuratda koʻrsatilgan shaxsning harakatlaridan jabrlangan boʻlsangiz, darhol 102 raqamiga yoki yaqin oradagi ichki ishlar organiga xabar berishingiz soʻraladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring